2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent metropolitenining toʻliq faoliyat koʻrsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat koʻrsatiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori (PQ-94, 15.03.2023y) qabul qilindi.

Bunda, Toshkent metropolitenining mazkur bandda koʻrsatilgan xizmatlarni koʻrsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab boriladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda pensionerlar faqat soat 10:00 dan 16:00 gacha metroda bepul yurishlari mumkin.