Hodisa 4-avgustga oʻtar kechasi “Innokentyevka qishlogʻiga kirish” avtomobil yoʻlining oltinchi kilometrida sodir boʻldi. Tushib ketgan mashina salonida ikki kishi – haydovchi va yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa tufayli hech kim halok boʻlmadi va jarohatlanmadi.

Viloyat prokuraturasining qoʻshimcha qilishicha, yoʻlning ushbu qismida harakat toʻxtatilgan. Vaqtinchalik aylanma yoʻlni tashkil qilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, qulab tushgan koʻprik 1962-yilda qurilgani aniqlangan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi, deb xabar beradi mir24.tv.