Kecha Vladivostokdagi O'zbekistonning Bosh konsulligi vakillari Primorsk o'lkasining Mixaylovskiy tumanidagi "Esta Construction" MCHJ go'sht mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavodning qurilish maydonchasida bo'lib, bu erda ishlayotgan 700 dan ortiq yurtdoshlarimizning faoliyati va yashash sharoitlari bilan tanishdi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Safar davomida ish beruvchilar va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Diplomatlar mehnat va maishiy sharoitlar, umumiy ovqatlanish joylari, koronavirus pandemiyasi davrida sog'liqni saqlash choralari, shuningdek, ish haqini o'z vaqtida to'lash va O'zbekiston fuqarolarining manfaatlariga oid boshqa masalalar bilan tanishdilar.
Uchrashuvlarda yurtdoshlarimizni qiziqtirgan barcha masalalar bo'yicha ochiq muhokamalar bo'lib o'tdi. SHuningdek, ularga vatanlariga qaytishni istayotganlar uchun rejalashtirilgan charter reyslarni tashkil etish tartibi to'g'risida ma'lumot berildi.
Savollarga javoblar doirasida Amur viloyati va Rossiya Federatsiyasining boshqa mintaqalarida "Renaissance Heavy Industries" kompaniyasida chet ellik ishchilar, shu jumladan, O'zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan tartibsizliklar to'g'risida “bezorilik” moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgani to'g'risida ma'lumotlar berildi.
SHu nuqtai nazardan, bunday ziddiyatli vaziyatlarda qatnashmaslik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni kuchaytirish, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targ'ib qiluvchi turli harakatlar va tashkilotlarga qo'shilmaslik zarurligi to'g'risida batafsil tushuntirishlar olib borildi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan Bosh konsulxona vakillari va boshqa fuqarolar vatandoshlarni Rossiya Federatsiyasining migratsiya to'g'risidagi va boshqa qonunlariga hurmat bilan qarashga, ularga rioya qilishga, mahalliy urf-odatlar va an'analarni hurmat qilishga, o'zbek xalqining boy madaniyatini targ'ib qilishga chaqirdilar.
SHu bilan birga, yurtdoshlarimizni qiziqtirgan huquqiy mavzudagi savollarga javoblar berildi hamda ushbu qurilish maydonchasida ishlaydiganlar bilan doimiy aloqada bo'lish uchun Bosh konsullikning telefon raqamlari taqdim etildi.
eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligining konsullik okrugi Rossiya Federatsiyasining Uzoq SHarqiy federal okrugi(Amur viloyati, YAhudiy avtonom viloyati,Kamchatka hududi, Magadan viloyati, Primorskiy o'lkasi, Saxa respublikasi-YAkutiya, Saxalin viloyati, Xabarovsk o'lkasi, CHukotka avtonom okrugi)ni o'z ichiga oladi.