Bokschi uch hafta davomida Toshkent viloyatida yurtimiz bokschilari bilan birgalikda mashgʻulotlar olib boradi.
“Biz bu yerda 3 haftalik oʻquv-yigʻin mashgʻulotini oʻtkazamiz. Yangiobod shaharchasida yaxshi baza bor va u yerning iqlimi bizga maʼqul. Yurtingizda yaxshi bokschilar koʻp va menimcha, tayyorgarlik ham yaxshi boʻladi. Keyingi jangimni may oyida oʻtkazmoqchiman, hozircha aniq raqibim yoʻq, lekin muzokaralar davom etmoqda. Bu yerda asosan jismoniy tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi. Oʻzbekistonda ogʻir vaznli bokschilar bilan birga ishlaymiz, shunday ekan qiyin oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi, - dedi Bivol oʻz intervyusida. – Togʻ bagʻrida olib boriladigan tayyorgarlik sogʻliq uchun ancha foydali”.
"Yaqin orada Dmitriy Bivol mashhur bokschi Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilishi va birlashtiruvchi jangni o‘tkazishi mumkin. Taniqli bokschi bilan birgalikda olib boriladigan mashg‘ulotlar hamyurtlarimiz uchun ham foydali bo‘lishiga ishonamiz", deyiladi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.