Sudlanuvchi M. Ochilov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1 qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2 qismi «a», «b» bandlari va 3 qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ushbu jinoyat ishi boʻyicha 299 nafar jabrlanuvchilarga jami 9 670 683 282 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Qoplanmagan moddiy zarar 8 330 011 690 soʻmni tashkil etib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan “PROFELITE IMP” xususiy bandlik agentligi” MCHJga tegishli 422 568 500 soʻm zaxira mablagʻlar 2019-yil 11-noyabrda 312-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi depozit hisob raqamiga oʻtkazilgan.
Bundan tashqari, M. Ochilovga tegishli 90 000 000 soʻmga baholangan 2016-yilda ishlab chiqarilgan, qora rangli, davlat raqam belgisi 01U075XA boʻlgan, qora rangli “Lasetti” rusumli transport vositasi xatlanib, avtomashina Toshkent shahar IIBB ashyoviy dalillarni saqlash omboriga topshirilgan.
Hozirgi kunda sud tergovi oʻtkazilib, 4 guvoh va 16 jabrlanuvchilarning koʻrsatmalari tinglandi.
Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 4-avgust kuniga tayinlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy sudi matbuot xizmati