Oʻzbekistonlik professional bokschi Sherzod Husanov navbatdagi gʻalabasini Polshada nishonladi.
Mamlakatimiz vakili polshalik Robert Parjejevskiga qarshi ringga koʻtarildi. Keskin va murosasiz oʻtgan bellashuvda tajribali bokschimiz raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratib, faoliyatidagi 22-gʻalabasiga erishdi.
Sherzod Husanov havaskor bokschilar oʻrtasida oʻtgan Osiyo va jahon chempionatida bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan, Osiyo oʻyinlarida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan.
U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.









