Professional taʼlim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar tasdiqlandi

    Ta'lim 24 Noyabr 2020 3091

    Yangi professional taʼlim tizimini tashkil etishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mazkur yangi tizimning yangi hujjatlari bosqichma-bosqich ishlab chiqilmoqda va tasdiqlanmoqda.

    Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi 734-son qarori qabul qilindi.

    Mazkur qaror bilan:

    ▪️ Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlarning davlat namunalari va tavsifi;

    ▪️ Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar ilovasining davlat namunasi;

    ▪️Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallash boʻyicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi;

    ▪️Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida beriladigan akademik maʼlumotnomaning davlat namunasi tasdiqlandi.

    Muhim: Professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplom va sertifikatlarga axborot texnologiyalarni joriy etish orqali individual QR-kod qoʻyish tizimi hamda uning dasturiy taʼminoti yaratiladi.

    Diplom blankalariga QR-kod tizimini joriy etish diplom va sertifikat yozishda inson omili taʼsirini qisqartiradi va kelgusida diplom va sertifikatning haqiqiyligini ushbu kod orqali har qanday shaxs dasturdan foydalangan holda aniqlik kiritishi mumkin boʻladi.