Unda professional ta'lim muassasalarida pandemiya sharoitida yangi 2020/2021 o'quv yilini boshlash masalalari muhokama qilindi.
Videoselektor yig'ilishida vazirlikning mas'ul boshqarmalari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.
2020/2021 o'quv yilini boshlashga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan vazifalar belgilandi va Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.
Ma'lumot uchun, 2020/2021 o'quv yili uchun 339 ta kasb-hunar maktablariga 80 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlar qabul qilindi. Hozirda yurtimizdagi 201 ta kollej va 185 ta texnikumga qabul jarayoni davom etmoqda. Hujjatlar shu yilning 25 sentyabriga qadar qabul qilinadi.