Professional taʼlim muassasalariga tanlov boshlanadi

    Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar oʻz tanlovlarini oʻzgartirishlari mumkin.

    Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional taʼlim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda taʼlim shaklini tanlashlari lozim.

    Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar oʻz tanlovlarini oʻzgartirishlari mumkin.

    Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani toʻgʻrisidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.