D.Kudbiyev institutimizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, oʻziga xos maktab yaratgan, el-yurt hurmatiga, eʼtirofiga sazovor boʻlgan ustoz sifatida tilga olinadi.
Olim 8 ta monografiya, 5 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma hamda 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Oʻn minglab shogirdlarning sevimli ustozi.
Professor Davlatboy Kudbiyev 2022-yilda Prezident farmoniga muvofiq “Doʻstlik” ordeni bilan, 2023-yilda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Fargʻona politexnika instituti jamoasi marhumning yaqinlari, doʻstlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.