2023 yilning 22 dekabr` kuni Prezidentimiz tomonidan o'tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida idora va muassasalarda oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e'lon qilish taklifi berilib, xodimlarning teatrlarga borishini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
SHu munosabat bilan TDTU Olmaliq filialida faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o'qituvchilar poytaxtimizdagi O'zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilayotgan “O'jarlar” spektaklini tomosha qilish uchun bordi.
Komedik janrda sahnalashtirilgan spektaklda xalqimizning taniqli aktyor va aktrisalarning mohirona chiqishlari filial xodimlariga xush kayfiyat va taassurot baxsh etdi, deyiladi filial axborot xizmati xabarida.