Roskosmos rasmiy saytining maʼlum qilishicha, kema dushanba kuni Moskva vaqti bilan 1:46 da stansiyadan chiqarilgan. Soat 04:51 da uning harakatlantiruvchi tizimi tormozlash uchun ishga tushirildi, shundan soʼng kema orbitadan chiqib ketib, yer atmosferasiga kirgan.

Uning yoqilmagan qismlari Tinch okeanining janubiy qismidagi harakatlanish mumkin boʼlmagan hududga qulab tushib, choʼkib ketdi.

Eslatib oʼtamiz, yuk kemasi 15-fevralь kuni Boyqoʼngʼir kosmodromidan “Soyuz-2.1a” raketasida uchirilgan edi.