Ushbu choralar doirasida “UNG Petro” MCHJ ishchi-xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish, oʻzgani mulkini talon-taroj qilishning oqibati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirga taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura xodimi Adliya maslahatchisi T.Xudayberdiyev tomonidan ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, korrupsion harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik normalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar qonun hujjatlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalari bilan tanishtirilib, qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etish zarurligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari “UNG Petro” MCHJ AYOQSHlar orqali sifatli yoqilgʻi neft mahsulotlarini sotishni tashkil etish hamda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, aks holda uning salbiy oqibatlari qayd etildi.

"OʻzbekneftgazAJ Matbuot xizmati