Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 4881-sonli Karoriga kura, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish kabi vazifalar belgilandi.
Mazkur musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, prokuratura xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oshirishda kurash va jangovar kurashni asosiy sport turi sifatida tadbik etishdan iborat.
“Prokuratura polvoni” respublika turnirida erkaklar – 73kg, -81 kg, -90 kg, +100 kg vazn toifalari gilamga chiqqan boʻlsalar, barchinoy qizlarimiz -57 kg, -63 kg, +63 kg vazn toifasida oʻzaro bellashdilar. Musobaqa bosh hakami Olim Hayitov boshchiligidagi hakamlar hayʼati bevosita saralash, yarim final va final bosqichlarini boshqarib bordilar.
Tadbirni Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Bosh Prokuraturasi va hamkor tashkilotlar mutasaddilari va taklif etilgan faxriy mehmonlar ochib berdi.
Ochilish marosimidan soʻng bevosita musobaqaning yarim final va final bosqichiga navbat berildi. Musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan hamda QQR tashrif buyurgan 160 nafarga yaqin prokuratura xodimlari gʻoliblik uchun gilamga chiqdilar. Ushbu kun “Polvoni koʻp yurt qudratli boʻlur” soʻzi isbotini topdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shunisi quvonarliki, gilamga chiqqan har bir ishtirokchi qonida bobolardan meros kurash ilmi borligini namoyon qildi. Qizgʻin kurashlarga boy boʻlgan bellashuvlar yakunida quyidagilar “Prokuratura polvoni” degan nomga munosib koʻrildi.
66 kg vazn toifasida Surxondaryolik Xaitaliyev Muxriddin gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 81 kg vaznda esa gʻoliblik Zarafshon shahar prokuraturasi operatori Babakulov Azizjonga nasib etdi. 90 kg vazn toifasida Bosh prokuratura boshqarma prokurori Azimov Akmal ustun keldi. +90 kg vazn toifasida esa gʻoliblik byuroning Denov tumani boʻlimi boshligʻi Ismoilov Ulugʻbekka nasib etdi.
Musobaqada qizlar ham faol ishtirok etdi. Natijalar esa quydagicha: 57 kg vazn toifasida QQR prokuraturasi xodimi Saparova Kamila gʻolib deb topildi. 63 kg vaznda Toshkent viloyatidan Manopova Klara shoxsupa birinchiligini egalladi. +63 kg vaznda esa Qurbonova Svetlana birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yakunida kurash boʻyicha “Prokuratura polvoni” I Respublika turnirining barcha gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni band etgan jamoalarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etiladi.