Tuman prokurori G‘anisher Abdusalomov tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida 104 nafar fuqaroga tavsiyanomalar berilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va kredit ajratish boshlab yuborildi.
Bundan tashqari, 10 ta oilaga ham subsidiya ajratilib, issiqxona qurib berildi, 10 nafar yigit-qizga esa meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish uchun 30 yil muddatga 20 sotixdan yer ajratildi. Shu bilan birga, homiy fermer va korxonalar yordamida 12 nafar kam ta'minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilaga qoramol tuhfa qilindi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan 22 ta ehtiyojmand oila uchun ochilgan alohida plastik kartochkalarga joriy yilning aprel va may oylarida har bir oy uchun 500 ming so‘mdan pul o‘tkazib berildi.