Jumladan, shunday tadbirlar doirasida Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.larning jinoiy qilmishlari fosh etilib, ularga nisbatan joriy yil 6 may kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211-(Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.