Proton-M raketasining uchirilishi kamchiliklar tufayli qoldirildi

    Proton-M raketa-tashuvchisining kamchiliklarini bartaraf etif uchun uning uchirilishi qoldirildi, deb xabar berdi “Roskosmos”.

    Tizim tekshiruvlari paytida raketaning yuqori pog'onasida “lokal nomuvofiqlik” aniqlandi.

    “Ish hajmi allaqachon aniqlangan, zarur choralar ko'rilgandan so'ng, biz uchirish moslamasini odatdagidek tayyorlashda davom etamiz”, dedi “Roskosmos” bosh direktorining o'rinbosari Ivan Danilov (davlat korporatsiyasi matbuot xizmatining so'zlaridan iqtibos keltirdi).

    Korporatsiya uchirishning kechiktirilishi ilmiy dasturga ta'sir qilmasligini ta'kidlamoqda. Yangi uchirish sanasi noma'lum.

    Elektro-L №5 sun'iy yo'ldoshini olib chiqadigan Proton-M 15-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 15:20 da Boyqo'ng'ir kosmodromidan uchirilishi rejalashtirilgan edi. 12-dekabr kuni raketa vertikal ravishda uchirish maydonchasiga joylashtirildi, deb xabar berdi kommersant.ru.