Xususan, qishloq shifokorlik punktiga “UAZ” rusumli yo'ltanlamas tez tibbiy yordam mashinasi ajratildi.

Pskom oilaviy shifokorlik punkti 2 ta mahallaga Pskom MFY (Pskom qishlog'i) Dadaboyev MFY (Tepar, Takayong'oq, Uring'och qishloqlari) fuqarolariga xizmat ko'rsatib keladi.

Pskom MFYda 156 ta xonadon, Dadaboyevda 183 ta xonadon mavjud bo'lib, 2453 nafar aholi yashaydi. Ularda bolalar, tug'ruq yoshidagi ayollar, 2-guruh nogironlari, bolalikdan tug'ma nogironlar ham bor. Ularga doimiy ravishda Pskom oilaviy shifokorlik punktida tibbiy yordam ko'rsatiladi.

Viloyat rahbari qishloq shifokorlik punkti sharoitlarini o'rganib, barcha tibbiyot xodimlariga tog' sharoitida aholiga malakali tibbiy xizmat ko'rsatayotganligi uchun tashakkur bildirar ekan, Pskom oilaviy shifokorlik punkitining “Takayong'oq” shohobchasiga ham tez tibbiy yordam mashinasi ajratilishini bildirgan edi.

Mas'ullar mazkur shohobchaga ajratilgan tez yordam mashinasini yetkazib berishdi.