Bahodir Mirabdullaev Germaniya texnologiyasi asosida forel`, Amerika paliyasi, Evropaga xos bo'lgan kumja va spaktik baliq turlarni parvarish qilib, iste'molchilarga etkazib berish uchun biznes loyiha tayyorladi. Unga ko'ra, yiliga 320 tonna noyob baliq turlari etishtirish ko'zda tutilgan.
Loyihani amalga oshirish uchun 80 ta suv havzalari barpo etilishi zarur. Buning uchun mutasaddi idoralardan ijobiy xulosalar ham olindi. Biroq ayrim tashkilotlardan ruxsat olish birmuncha murakkab edi. SHu bois, loyiha cho'zilib kelayotgandi.
YAqinda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov tadbirkorlar bilan o'tkazgan uchrashuvda Bahodir Mirabdullaevning ham muammosi eshitilib, u ijobiy echim topdi. Tadbirkorga o'ziga ajratilgan mavjud er maydonida noyob baliq turlarini parvarish qilish uchun 80 ta suv havzalarini barpo etish uchun tashkilotlarga topshiriq berildi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Bo'stonliq tumanida keyingi paytda turizm, baliqchilik, asalarichilik sohalarini rivojlantirishga alohida e'tibor berilyapti.