баннер
24 Apr 2025
21:07

    Respublikada baliqchilikni rivojlantirishga 150 million dollar resurs beriladi

    Shundan 50 million dollari Andijonga ajratiladi.

    Viloyatdagi 5,7 ming gektar sunʼiy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayapti.

    Andijon tumanidagi tadbirkor 15 million dollar hisobiga 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish tashabbusini bildirgan. Loyiha doirasida 27 turdagi karp baligʻidan mahalliy sharoitga mos baliq nasli yaratish reja qilingan.

    Ushbu loyihaga Osiyo taraqqiyot banki ilk bor toʻgʻridan-toʻgʻri 15 million dollar berishga rozi. Buning uchun viloyat hokimligi huzurida loyiha ofisi tashkil qilinadi, tadbirkor va Osiyo taraqqiyot banki bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi.

    Mutsaddilarga xorijdan 100 million dollar jalb qilib, yil yakunigacha 1,2 ming gektarda kamida 5-6 ta shunday loyihani yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    Umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirishga 150 million dollar resurs beriladi. Shundan 50 million dollari Andijonga ajratiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech