Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan tegishli dasturlar asosida koʻp kvartirali uylarda amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻrganish jarayonida pudratchi tashkilotlar tomonidan 638,0 mln soʻm miqdorida mablagʻning talon-tarojiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Jumladan,
- Jizzax viloyatida (Arnasoy va Paxtakor tumanlarida) uylarning tom qismini, elektr taqsimlovchi shitlarni, kirish yoʻlaklari va fasad qismini taʼmirlashda 509,6 mln. soʻm;
- Sirdaryo viloyatida (Guliston shahri va Xovos tumanida) uylarning tom qismini yangilash, uylardagi elektr taqsimlovchi shitlarni, uylarning kirish yoʻlaklari va fasad qismini taʼmirlashda 72.3 mln. soʻm;
- Qashqadaryo viloyatida (Koson, Muborak, Nishon, Dehqonobod, Mirishkor va Kasbi tumanlarida) uylarning kirish yoʻlaklari, fasad qismi hamda tom qismini yangilash uchun bajarilgan ishlar hajmiga qoʻshib yozish orqali 56,1 mln. soʻm miqdorda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan, xabar bermoqda KOMMUNAL.UZ telegram kanali.