Sirdaryo viloyati boʻyicha:

- Yangi shahardagi koʻp qavatli uylarga elektr taqsimlovchi shitlar, kirish yoʻlaklariga kodli temir eshiklar oʻrnatish, uylarni fasad qismini taʼmirlash uchun - 42,6 mln soʻm;

- Sirdaryo tumanidagi koʻp qavatli uylarda yoritish tizimini oʻrnatish, bolalar moydonchalarini qurish hamda beton qoplamalarini qoplash uchun - 82,5 mln soʻm;

- Mirzaobod tumanidagi koʻp qavatli uylarga elektr taqsimlovchi shitlar, kirish yoʻlaklariga kodli temir eshiklar oʻrnatish, uylarni fasad qismini taʼmirlash uchun - 25,2 mln soʻm;

- Mirzaobod tumanidagi koʻp qavatli uylarni taʼmirlash-tiklash ishlari uchun bajarilgan ishlar hajmiga qoʻshib yozish natijasida - 138,4 mln soʻm;

- Guliston shahridagi koʻp qavatli uylarga tashqi yoritish vositalarini oʻrnatish boʻyicha - 53,7 mln soʻm;

- Boyovut tumanidagi koʻp qavatli uylarga tashqi yoritish vositalarini oʻrnatish boʻyicha - 7,1 mln soʻm;

- Sardoba tumanidagi koʻp qavatli uylarga kirish yoʻlaklari, beton qoplama bilan qoplash va uylarni fasad qisimlarini taʼmirlash uchun - 3,4 mln soʻm qonunga zid holatda oʻzlashtirilgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi koʻp kvartirali uylarni joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda 67,1 mln soʻm noqonuniy oʻzlashtirish ishlari aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquq tartibot organlariga taqdim etildi, deya xabar beradi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi axborot xizmati.