Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov qarorida maʼlum qilingan.

Qaror 2025-yil 25-dekabr kuni eʼlon qilingan.

Qarorga koʻra, har bir turarjoy uchun koʻpi bilan ikkita rezident avtoturargoh ruxsatnomalari roʻyxatga kiritilishi mumkin.

Unga koʻra, rezidentlar uchun soat 20:00 dan 08:00 gacha toʻxtab turish bepul, qolgan vaqtlarda esa belgilangan tariflar asosida toʻlov undiriladi.

Ruxsatnoma bir yillik muddatga beriladi. Yillik rezidentlik toʻlovi uchun bir BHM (amalda 412 ming soʻm) miqdorida toʻlov qilinishi kerak boʻladi.

Ushbu qaror 2026-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.