31 yoshli Baxt ismli shaxs “Mercedes-Benz” rusumli avtomobilni (davlat raqami 10 D 721 PA) boshqarish davomida boshqaruvni bajara olmay, temir ustunga toʻqnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
YTH oqibatida haydovchi tana shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Shuningdek, xabarda ehtiyot boʻlish barobarida yoʻlga chiqishdan oldin transport vositasining texnik sozligini tekshirish kerakligi eslatiladi.