Shuningdek, holat yuzasidan Rossiya Tergov qoʻmitasi tomonidan mamlakat Jinoyat kodeksining 263-moddasi (harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaroviy va harbiy mutaxassislar soʻroq qilinmoqda.
Hozirda Ozarbayjon Bosh prokuraturasining ikki xodimi Grozniy shahrida boʻlib, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi va Tergov qoʻmitasi vakillari bilan hamkorlikda ishlamoqda.
Rossiya, Ozarbayjon va Qozogʻistonning tegishli xizmatlari Oqtov shahri yaqinidagi halokat joyida yaqindan hamkorlik qilmoqda.