Xalqaro amaliyot tashqi boshqaruvni joriy etish imkoniyatini ko'rsatmoqda, bu Ukrainani tartibga solish bo'yicha qonuniy muzokaralarga yo'l ochadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Arxangelsk” atom suv osti kemasi dengizchilari bilan suhbatda aytib o'tdi, deb xabar beradi tass.ru.
U Sharqiy Timor, Yangi Gvineya va sobiq Yugoslaviyaning ayrim qismlarida BMT shafeligida tashqi boshqaruv bilan bog'liq holatlarini esladi. “Bunday amaliyot mavjud va umuman olganda, BMT shafeligida AQSh, Yevropa davlatlari va, albatta, bizning hamkorlarimiz va do'stlarimiz bilan Ukrainada vaqtinchalik boshqaruvni joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilish mumkin edi”, dedi Putin.
“U yerda demokratik saylovlar o'tkazish uchun, salohiyatli va xalq ishonchiga sazovor bo'lgan hayotiy hukumatni hokimiyat tepasiga olib kelish uchun. Va shundan keyingina ular bilan tinchlik shartnomasi bo'yicha muzokaralarni boshlash, butun dunyoda tan olinadigan, ishonchli va barqaror bo'ladigan qonuniy hujjatlarni imzolash mumkin”, deb tushuntirdi Rossiya yetakchisi.