Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
“Biz harbiy harakatlarni to'xtatish bo'yicha takliflarga qo'shilamiz, biroq bu to'xtash uzoq muddatli tinchlikka olib kelishi va inqirozning dastlabki sabablarini bartaraf etishi kerakligidan kelib chiqamiz”, dedi Putin Rossiya-Belarus oliy darajadagi muzokaralari yakunlari bo'yicha matbuot anjumanida.
Uning fikricha, Ukrainada o't ochishni to'xtatish g'oyasi to'g'ri, ammo “muhokama qilinishi kerak bo'lgan masalalar bor”.