Xaritada Uzoq Sharqni Yevropa bilan bogʻlagan yoʻl — Buyuk Ipak yoʻli tasvirlangan.
Savdogarlar bu yoʻllardan faqat ipak-shoyi emas, balki boshqa koʻplab qimmatbaho mollarni tashiganlar.
Xitoy shoyisi uni sotib olishga qurbi yetadiganlar orasida alohida eʼtibor topgan. Shoyi matolar parchalari Afinadagi VI asrga oid qabrlardan, Germaniyadagi temir davriga oid qabrlardan ham topilgan.
Rimliklar zeb-ziynat buyumlarini koʻp miqdorda sotib olishardi. I asrda rimlik tarixchi Katta Pliniy yozgan: “Hindiston, Xitoy va arab mamlakatlari har yili imperiyamizdan katta miqdordagi pulni olib ketishadi — zeb-ziynatlar va ayollarimiz bizga juda qimmatga tushadi”.
Savdo yoʻlida harakat ikki tomonlama edi. Rimliklar zeb-ziynat buyumlari oʻrniga Sharqqa oltin va kumush tangalar, sopol buyumlar, qimmatbaho toshlar yuborishgan.









