Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular shuuriga vatanparvarlik, ezgulik fazilatlarini singdirishda ajdodlardan oʻtib kelayotgan anʼana va urf-odatlar, xalq ogʻzaki ijodining oʻrni katta.

Bu merosni pedagogikada qoʻllab, muayyan natijaga erishish mumkinligi hayotiy tajribalarda oʻz isbotini topmoqda.

Shu maʼnoda Urganch davlat pedagogika institutida xalq pedagogikasi fanidan “Xalq ogʻzaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida noanʼanaviy seminar tashkil qilingani har jihatdan foydali boʻldi.

Pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi Diyora Safoyeva tashabbusi bilan pedagogika taʼlim yoʻnalishi talabalari ishtirokida oʻtkazilgan mashgʻulotda yoshlar qadriyatlarimizning tarbiyaviy jihatini amalda koʻrsatdi.

Fakultet professor-oʻqituvchilaridan iborat ekspertlar ularning ishtirokiga baho berdi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.