Bolalarning 7 nafari oʻgʻil, 3 nafari qiz. Olti yil avval u ikki nafar egizakni dunyoga keltirgan edi.

Birinchi UZI tekshiruvidayoq ayolning shuncha farzand koʻrishi aniq boʻlganida nafaqat er-xotin, balki shifokorlarning oʻzlari ham hayratga tushishgan edi.

Shifokorlar Gosiameni shuncha bolani tabiiy yoʻl bilan dunyoga keltira olmasligi haqida oldindan ogohlantirishadi. Homiladorlik 7 oy davom etdi hamda chaqaloqlar keserva yoʻli bilan dunyoga keldi. Hozirda qahramon ona va oʻn nafar bolaning ahvoli yaxshi.

Rekord hali rasman eʼlon qilinmadi: Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bu borada hali munosabat bildirmadi.

Eslatib oʻtamiz: shu paytgacha 25 yoshli malilik Xalima Sisse “chempionlik” maqomini ushlab turgan edi. U birvarakayiga 9 nafar bolani dunyoga keltirgan.