Qizil qalampirni muntazam isteʼmol qiluvchi kishilar kam hollarda yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli oʻsimtalar muammolariga duch kelishadi.

Garvard universiteti sogʻliqni saqlash maktabi va Brigam ayollar kasalxonasi olimlari yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishadi.

Olimlar xulosasiga koʻra, achchiq taʼmli ovqatni xush koʻruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga koʻproq umr koʻrishadi. Achchiq qalampirni isteʼmol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.

Professor Gennadiy Onishenko ham chili qalampiri tarafdori. U mayda qalampir boʻlaklarini limon sharbati bilan har kuni ichishga harakat qilishini aytgan. U buning organizm foydasi katta ekanini taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, bu kuch baxsh etuvchi va kayfiyatni koʻtaruvchi endorfin gormonini ishlab chiqaradi. Lekin shu oʻrinda bir gap, achchiq qalampirni koʻp ham isteʼmol qilib boʻlmaydi. Uning zarari ham bor. Buni unutmaslik lozim.