Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Erkin” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.J. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, ushbu fuqaro jami 89 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki 8 900 AQSH dollarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.