Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “R.R.” MCHJning Xiva shahridagi savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali 597 dona “BARON”, “Parlament”, “DIPLOMAT” va “Qarataw” nomi ostidagi qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Shovot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “L.D.U.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali 366 dona “Toshkent One vodka”, “Qarataw”, “Yurta”, “Romanov vodka”, “Baron”, “BOSS”, “Parlament”, “BOCHKA”, “STOLICHNAYA” va “Shilla” nomli alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.