Tadbirda, fuqarolar X.U. va Ye.U.lar qalbaki aksiz markali 192 dona “Qaratau” nomi ostidagi qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini oʻtkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Yoki, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.S.” oilaviy korxonasi va “T.Sh.” MCHJning Urganch shahridagi savdo doʻkonlarida jami 1 201 dona “Boss”, “Naleyka”, “Pushka”, “Infinity”, “Qarataw” va “Parlament” nomili alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.