Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoʻqon shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. va A.I.lar qalbaki valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro J.ga qalbaki 4 700 AQSH dollarini 2 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.