Tezkor maʼlumotga asosan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu fuqaro Andijon shahrida yashovchi muqaddam 4 marotaba Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlanganligi maʼlum boʻldi.

Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi bilan hamkorlikda 27-oktyabrda ushbu shaxsning xonadoni tekshirilganida, 1 dona “ACER” rusumli noutbuk, 1 dona “CANON” rusumli printer, 1 dona “EPSON” rusumli rangli printer, 8 ta qalbaki ishonchnoma blankalari, 9 nafar fuqaroning pasport nusxalari, 3 ta avtomashinalarni texnik qayd etish guvohnomalari, 1 ta transport vositasini oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma blankasi, hujjatlarni qalbakilashtirishda foydalaniladigan kanselyariya buyumlari hamda 16 gb xotiraga ega boʻlgan 1 dona qora rangli fleshka borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Noutbuk va fleshka tekshirilganida unda koʻplab haydovchilik guvohnomalari, ishonchnomalar va boshqa rasmiy hujjatlar skaner qilinib, tayyorlab kelinayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.