Bu haqda DXX axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs 50 mln soʻm miqdoridagi qalbaki pullarni “shartli xaridor”ga haqiqiy 8 mln soʻm evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, 50, 100 va 200 ming soʻmlik jami 315,5 mln soʻm miqdoridagi qalbaki kupyuralar hamda 100 AQSH dollarlik jami 120 ming AQSH dollari miqdoridagi qalbaki kupyuralar borligi maʼlum boʻldi va tegishli tartibda olib qoʻyildi.
Hozirda qalbaki “pulfurush”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu qalbaki pul mablagʻlarini unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.