Unda aytilishicha, Koson tumanida yashovchi fuqaro Turdiyev 500 million soʻmlik qalbaki pulni 125 million soʻmga sotmoqchi boʻlgan.
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi huquq-tartibot organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga tushgan Turdiyev qalbaki pullarni 4 mintaqaviy hudud 34-son manzil-koloniyasida jazo oʻtayotgan mahkum Gʻaybullayevdan uning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandi orqali olganini aytadi.
Olib borilgan surishtiruv davomida yuqoridagi holatga 34-son manzil-koloniyasida jazo muddatini oʻtab kelayotgan mahkum Sh.Gʻaybullayev ham ushbu guruh aʼzolariga koloniyada turib telefon orqali aloqada boʻlib, yetakchilik qilgani aniqlangandi.
Shu sababli mahkum Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar boʻlimining 2022-yil 12-oktyabr kunidagi aloqa xatiga asosan, Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgan.
Mahkumga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi qoʻllanilgan.