Ayni paytda hukm surayotgan pandemiya bizni yangicha yashashga, ishlashga, sharoitga moslashib maqsad sari harakat qilishga oʻrgatdi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida yangi onlayn targʻibot loyihasining navbatdagi taqdimoti poytaxtimiz Toshkent shahri va Sirdaryo hamda Jizzax viloyati aholisi vakillari taniqli olimlar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari bilan oʻtkazildi.
Ayni paytda esa yurtimizning barcha goʻsha va jabhalarida Mustaqilligimizning 29 yillik tantanalariga puxta hozirlik koʻrilmoqda. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bir qator hamkor tashkilotlarning boshini biriktirib, elimizning eng aziz shodiyonasi boʻlmish – Mustaqillik bayramini keng nishonlash uchun yangi loyihalar, onlayin uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Bugungi tadbir ham ana shu harakatning natijasidir.