Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Nuroniy otaxonu onaxonlarimiz bahorning ilk kunlarida qaldirgʻochni koʻrsa, qoʻllarini duoga ochib, tinchlik va osoyishtalikka shukrona aytishadi.
Bugun ham vijir-vijir qilib uchayotgan qaldirgʻochlarning parvozlari kattayu barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi.
Qaldirgʻochlarning yurtimizga qaytishi bahorning kirib kelganidan bir darak aslida.
Butun borliqqa yangilanish, yasharish olib kelayotgan, tiriklikni, hayotni ulugʻlayotgan bahor elu yurtga qutlugʻ kelsin deymiz.