“Teatr tomoshalari haftaligi”ning to'rtinchi kuni Kattaqo'rg'on shahar drama teatrida yanada ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Tomoshabinlar uchun “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri, senator Farmon Toshev qalamiga mansub, rejissyor G'ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan “Qaltis qadam” spektakli namoyish etildi.
Spektakl namoyishida asar muallifi Farmon Toshev, Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova, “Kattaqo'rg'on tongi” gazetasi bosh muharriri Tohir Xamidov, shahar tashkilot hamda muassasa rahbarlari va teatr ixlosmandlari ishtirok etishdi.
“Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida teatr foyesida tashkil etilgan ko'rgazmalar ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otdi, deb yozmoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.