Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 10-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tuman sudi binosida boʻlib oʻtgan sud majlisida 10 nafar qarzdor otalarning ishi sudda koʻrildi.
Aliment pullarini vaqtida toʻlamagan 3 nafar otalar 15 sutkaga qamalishini eshitib, qarzdorligini sud zalidayoq bartaraf etdi.
Shuningdek, 7 nafar otalar qarzdorliklarini toʻlay olmasligini bildirgach, ularning har biriga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.
Misol uchun, qarzdor J.Avliyoqulov Qarshi tumanida yashab kelib, shu kunga qadar aliment pullarini belgilangan soʻmmadan kam miqdorda toʻlab kelganligi oqibatida, qarzdorlik 13 mln. 800 ming soʻmga yetgan.
Shu sababli, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.