Yongʻin natijasida oʻrmon xoʻjaligi hududidagi noyob daraxtlar, oʻsimliklar va hayvonot olamiga katta zarar yetgan, deb xabar qilmoqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.
Boshqarma axborot xizmatining yozishicha, yongʻinning kelib-chiqish sababi, yongʻindan oʻrmon xoʻjaligi qancha talofat koʻrgani borasida keyinroq toʻliq maʼlumot beriladi.