Umumiy qiymati 24 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida tumandagi 300 nafar ishsiz xotin-qiz ish bilan ta’minlandi.
Korxonada 10 dan ortiq tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yiliga 3 million dona trikotaj mahsuloti tayyorlanadi va natijasida 65 milliard so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqariladi. Tumanning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati 15 foizga oshadi.