Maʼlum qilinishicha, dovonda qor koʻchkisi xavfini bartaraf etish maqsadida zarur ishlar amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, prognozlarga koʻra, bugun soat 19:00 atrofida dovon orqali transport harakati yana vaqtincha toʻxtatilishi mumkin. Bunga kechga yaqin qor koʻchkisi xavfining yana yuzaga kelishi sabab boʻlishi ehtimol qilinmoqda.