Holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizlik xizmati maʼlumot berdi.
Shu yilning 27-iyul kuni soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 247-kilometrida haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan A.K. “CAMC” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sabab oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Isuzu” hamda “Howo” rusumli yuk avtomobillari bilan toʻqnashgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib “Mercedes-Benz Sprinter” rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.
YTH natijasida “CAMC” rusumli yuk avtomobilida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida “CAMC” rusumli yuk avtomobili haydovchisi va yoʻlovchisi, 1995-yilda tugʻilgan B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.