“Qamchiq“ dovonida “BYD” xandaqqa tushib ketdi

    Voqea-hodisalar 27 Iyun 2025 627

    Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.

    Qayd etilishicha, A-373 “Toshkent-Oʻsh“ avtomobil yoʻlining “Qamchiq“ dovonidan oʻtgan qismida “Toshkent-Vodiy“ yoʻnalishida harakatlangan “BYD” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq“ maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

    Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus texnik asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.