«Qamchiq» dovonida elektr ta'minotidagi nosozliklar tezkor bartaraf etilmoqda

    Vodiy viloyatlarini Toshkent shahri va boshqa hududlari bilan bog'lovchi «Qamchiq» avtoyo'li hamda shu hududdagi iste'molchilar elektr energiyasi bilan to'rtta nimstantsiya orqali ta'minlanadi.

    35/6 kVli "Qamchiq", "Rezak", "To'qqizinchi", "Yo'lsoz" nimstantsiyalaridagi transformatorlar uzluksiz elektr energiyasi etkazib beradi.

    "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali axborot xizmatining bildirishicha, Pop hududida joylashgan 35/6 kVli "Qamchiq" nimstantsiyasidan chiquvchi 6 kVli "Portal-2" havo tarmog'i anomal sovuq sababli taranglashgan va izolyator singanligi aniqlangan.

    «Qamchiq» ustachilik bo'limining xodimlari -23 haroratga qaramay, nosozlikni zudlik bilan tuzatdi va qayta ta'minot to'liq tiklandi.