“Qamchiq” dovonida inson hayoti saqlab qolindi

    Kecha “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonida harakatlangan “ISUZU” rusumli yuk avtomobili haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida xandaqqa tushib ketdi.

    Bu haqda FVV xabar qildi.

    Qayd etilishicha, haydovchi va 1 nafar yoʻlovchi mashina kabinasiga qisilib qolgani toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga 11-may kuni soat 01:01da maʼlum qilingan.

    Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi, shuningdek, xandaqqa tushib ketgan yuk avtomobili xavfsiz hududga olib chiqildi.