Kecha, 11-aprel kuni soat 21:53 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismida “CHANGAN” rusumli avtotransport vositasi yukxonasida boʻlgan elektroskuterning quvvatlagichida yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida yongʻin kelib chiqqan.

Bu haqda xabar kelib tushgach, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 22:09 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:11 da oʻrab olingan va soat 22:12 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida avtotransport vositasining salon qismi hamda yukxonasi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yukxonada boʻlgan 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi yongʻindan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.